Maxfiylik siyosati
Qanday ma'lumotlarni olamiz
Telegram ID, ism va @username — Telegram orqali kirishda. «Faqat o'qish» huquqli Uzum API kaliti va u orqali Uzum beradigan do'kon ma'lumotlari (tovarlar, qoldiq, buyurtmalar, moliya).
Nima uchun
Faqat hisobotlaringizni tuzish, bildirishnomalar yuborish va tarif to'lovini hisobga olish uchun. Ma'lumotlarni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Qanday saqlaymiz
Kalit bot chatidan darhol o'chiriladi va serverda faqat shifrlangan holda saqlanadi. Serverga faqat Ijrochi kira oladi. Sayt himoyalangan HTTPS ulanishida ishlaydi.
Nimani olmaymiz
Telefon raqami, yozishmalar, kontaktlar, bank karta ma'lumotlari. «Faqat o'qish» kaliti pul yechish va do'konni o'zgartirishga ruxsat bermaydi.
O'chirish
Kalitni botda («Do'konlar» tugmasi) o'chirish yoki Uzum sotuvchi kabinetida bekor qilish mumkin. Barcha ma'lumotlarni o'chirish uchun bizga yozing — 3 ish kuni ichida o'chiramiz.
Aloqa
Telegram: @ombornazorat_bot · Telefon: [TELEFON]